Maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari

Kotib · oxirgi yangilanish: 2026-09-10

Kotib — oʻzbek tili uchun diktovka, audio fayldan matn va oflayn tarjima ilovasi. Ovoz tanish va tarjima butunlay sizning qurilmangizda, internetsiz bajariladi.

Ovoz va matn hech qachon yuborilmaydi. Nimani diktovka qilganingiz, transkripsiya yoki tarjima natijasi — hammasi faqat sizning qurilmangizda qoladi.

Nima HECH QACHON chiqmaydi

Nima yigʻiladi (anonim)

Ilovani yaxshilash uchun quyidagi anonim maʼlumot yuboriladi:

MaʼlumotNima uchun
Tasodifiy oʻrnatma raqami«Bu bitta oʻrnatma» deyish uchun
Platforma, ilova va tizim versiyasiQoʻllab-quvvatlash
Qurilma turi: arxitektura, protsessor va videokarta modeli, xotira, yadro soniIsh unumini tushunish
Taxminiy joylashuv (mamlakat/viloyat/shahar)Til va tarqatish
Har amal uchun: ovoz uzunligi, ishlov vaqti, tezlik, GPU/CPU, natija, natija uzunligi (belgilar soni)Tezlikni oʻlchash

Taxminiy joylashuv IP manzildan aniqlanadi, lekin xom IP saqlanmaydi — u qisqartiriladi va qaytarib boʻlmaydigan tarzda hashlanadi. Amal oʻlchovlari faqat qancha vaqt, qanday tez va natija necha belgi ekanini yozadi, nima qilinganini emas.

Qurilmangizdagi log hech qayerga yuborilmaydi. 1.2.0 dan boshlab unda ham diktovka matni yozilmaydi — faqat uzunligi va vaqti. Matn faqat Sozlamalarda «Diagnostika rejimi» yoqilsa yoziladi; bu rejim 24 soatdan keyin oʻzi oʻchadi.

1.2.0 dan boshlab diktovka matnga oʻgirilmasa (masalan, model yuklanmagan boʻlsa) gapirganingiz yoʻqolmasligi uchun ovoz faqat qurilmangizda WAV fayl boʻlib saqlanadi. U hech qayerga yuborilmaydi, matnga oʻgirilishi bilan oʻchiriladi; oʻgirilmasa ham 7 kundan ortiq va oxirgi 20 tadan koʻp saqlanmaydi. Muvaffaqiyatli diktovka ovozi hech qachon saqlanmaydi.

Bu anonim

Oʻrnatma raqami tasodifiy — qurilma yoki shaxs identifikatori emas. Ilovani oʻchirib qayta oʻrnatsangiz yangisi paydo boʻladi. Yigʻilgan maʼlumotdan kimligingizni aniqlab boʻlmaydi.

Rozilik

Bu anonim statistika doim yoqiq. Ilovani oʻrnatib va ishlatib, siz shu maxfiylik siyosati va foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz. Statistika ilovaning ishlashiga taʼsir qilmaydi — diktovka, studiya va tarjima internetsiz ham toʻliq ishlaydi.

Saqlash va tarqatish

Amal oʻlchovlari 60 kundan keyin avtomatik oʻchiriladi. Maʼlumot faqat ilova egasiga koʻrinadi — uchinchi shaxsga berilmaydi, sotilmaydi, reklama yoki kuzatuv uchun ishlatilmaydi.

Bogʻlanish

Savol yoki maʼlumotingizni oʻchirish uchun: [email protected]

← Bosh sahifaga