Kotib

Oʻzbekcha ovozli yozuv

Istalgan ilovada tugmani bosing, oʻzbekcha gapiring — matn kursor turgan joyga oʻzi yoziladi. Telegram, brauzer, hujjat, xat — qayerda boʻlsangiz.

Toʻliq oflayn — ovozingiz qurilmangizdan chiqmaydi Bepul va ochiq kodli Lotin alifbosi

Dastur va oʻzbek tili modeli bitta faylda keladi. Internet faqat yuklab olish uchun kerak — oʻrnatgandan keyin butunlay internetsiz ishlaydi.

macOS

macOS 13+ · Apple Silicon va Intel

Diktovka tugmasi: D

Mac uchun yuklab olish

.pkg · 751 MB · hammasi ichida

Windows

Windows 10 va 11 · 64-bit

Diktovka tugmasi: Ctrl Alt D

Windows uchun yuklab olish

.exe · 816 MB · hammasi ichida

Ilova bepul

Bu ilova bepul va shunday qoladi — reklama yoʻq, obuna yoʻq, maʼlumotingiz sotilmaydi. Agar foydali boʻlsa va imkoningiz boʻlsa, qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin. Majburiy emas, ilovaning hamma imkoniyatlari baribir ochiq.

HUMO
9860 1606 0855 5431
VISA
4231 2000 9261 0830
UZCARD
5614 6818 5541 0035
Karta egasi Muhammad Mirkabilov

Qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun rahmat — bu keyingi yangilanishlarga va yangi loyihalarga yordam beradi.

Qanday ishlatiladi

Uch qadam. Boshqa hech narsa kerak emas.

  1. Kursorni matn yoziladigan joyga qoʻying — Telegram, brauzer, hujjat, farqi yoʻq
  2. Diktovka tugmasini bosing va oʻzbekcha gapiring
  3. Tugmani yana bosing — matn oʻsha joyga yoziladi
Windows: mikrofonni albatta tanlang

Windows'da standart qurilma baʼzan «Stereo Mix» boʻlib qoladi — u ovozingizni emas, kompyuterdagi ovozni yozadi va tushunarsiz matn chiqaradi.

Ilova birinchi ochilishda Sozlamalarni koʻrsatadi va bunday qurilmalarni ogohlantirib beradi. Bluetooth quloqchin ham aniqlikni pasaytiradi — imkon boʻlsa oddiy mikrofon ishlating.

Windows: «Model yuklab olinmadi» xatosi chiqsa

785 MB fayl uchun barqaror internet kerak. Ulanish uzilsa oʻrnatuvchi uch marta qayta uradi, keyin xato beradi. Ikkita yechim bor:

  • Toʻliq versiyani yuklab oling — model uning ichida, internet umuman kerak emas (yuqoridagi havola)
  • Yoki modelni alohida yuklab oling (brauzer yoki yuklab olish menejeri bilan — ular uzilishdan keyin davom ettiradi), soʻng ggml-rubaistt.bin faylini setup.exe turgan papkaga qoʻying va oʻrnatuvchini qayta ishga tushiring. U faylni oʻzi topadi.
Windows: «Windows protected your PC» chiqsa

Ilova hali kod imzosi sertifikati bilan imzolanmagan, shuning uchun Windows ehtiyot boʻladi. Bir martalik yechim:

  • «Batafsil» / «More info» tugmasini bosing
  • Keyin «Baribir ishga tushirish» / «Run anyway»
macOS: oʻrnatish qanday kechadi

Yuklab olingan .pkg faylni ikki marta bosing → ContinueInstall. macOS administrator parolini soʻraydi — bu ilovani /Applications papkasiga joylash uchun.

Ilova Apple notarizatsiyasidan oʻtgan va imzolangan, shuning uchun «nomaʼlum dasturchi» ogohlantirishi chiqmaydi.

Oʻrnatilgach ilova oʻzi ishga tushadi va menyu satrida 🎙 ikonka paydo boʻladi — sozlamalar, fayl transkripsiyasi va donat shu yerda.

macOS: Accessibility ruxsati

Matn avtomatik joylashishi uchun bir marta ruxsat kerak: System Settings → Privacy & Security → Accessibility → «Kotib» ni qoʻshing va yoqing.

Windows'da bunday ruxsat kerak emas.

Nima uchun bu boshqacha

Ovozingiz hech qayerga yuborilmaydi.

Oʻzbek tiliga maxsus

rubaiSTT modeli — umumiy modellar emas, aynan oʻzbek nutqi uchun oʻqitilgan.

Toʻliq oflayn

Server yoʻq, internet kerak emas. Ovoz ham, matn ham qurilmangizda qoladi.

Har qanday videokartada

Windows'da NVIDIA, AMD va Intel — farqi yoʻq. Videokartasiz ham ishlaydi.

Sozlanadigan tugma

Diktovka tugmasi band boʻlsa yoki yoqmasa — Sozlamalardan oʻzgartiring.

Yengil

Menyu satrida jim turadi. Model uch daqiqa ishlatilmasa xotiradan boʻshaydi.

Ochiq kodli

Butun kod GitHub'da. Nima qilayotganini oʻzingiz tekshirishingiz mumkin.

Tezlik va aniqlik

Oʻlchangan qiymatlar — 208 soniyalik oʻzbek nutqi, RTX 3060 va Ryzen 7 5800X.

RejimVaqt10 s nutq uchun
Videokarta (Vulkan)25 s~1,2 s
Protsessor196 s~9,4 s

Aniqlik: Google FLEURS oʻzbek toʻplamida soʻzlarning 83% toʻgʻri tanilgan. Bu yangiliklar uslubidagi murakkab matnlar — kundalik oddiy gaplarda aniqlik yuqoriroq.